
Xebay futbolchi bo‘lmaganida kim bo‘lardi? Bekmurotovni yoqtirgan kinosi qaysi? Kim qanday kitob o‘qiydi? "Andijon" futbolchilariga 3 tadan savol!
Yurtimizda qish fasli va futbol bo‘yicha milliy chempionatimiz nihoyalab jamoalar tanaffusga chiqishgan. Xordiq paytida har kim vaqtini turlicha o‘tkazadi.
Shuningdek, futbolchilarga ham kitob o‘qish, uni mutolaa qilish juda foydali. Ularning orasida kitobxonlar ham bisyor desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
Biz esa “Andijon” jamoamizning bir qator o‘yinchilariga uchtadan savol bilan murojaa qildik:
1.Oxirgi marta qaysi kitobni mutolaa qildingiz va siz sevgan kitob qaysi?
2. Agar futbolchi bo‘lmaganingizda qaysi kasbni tanlagan bo‘lardingiz?
3. Qaysi kinoni yoqtirasiz?
Ildar Mamatkazin
1. Oxirgi kitobim “Shantaram”
2. To‘g‘risi, bu haqda o‘ylamaganman.
3. Shu o‘qigan kitobimni kinosi menga yoqdi.
Farhod Sohibjonov
1. “200 hayot darsi” degan kitobni o‘qidim va menga yoqqan kitob shu bo‘ldi.
2. Agar futbolchi bo‘lmaganimda bilmadim, balki biznesmen bo‘lardim.
3. Sevib tomosha qiladigan kinoim yo‘q.
Ilhom Alijonov
1. Amir Temur tarixini o‘qiganman. Mana shu mening yaxshi ko‘rgan kitobim.
2. Futbolchi bo‘lmaganimda dehqon bo‘lardim.
3. “Shaytanat” kinosini yaxshi ko‘raman.
Abduvohid G‘ulomov
1. “Baxtiyor oila” kitobi.
2. Arxitektor
3. “Ishq safari”
Suhrob Berdiev
1. Oxirgisi O‘zbek xalq ertaklari degan kitobni o‘qidim. Uyda farzandlarimga shu kitobni ko‘p o‘qiyman. Unda ertaklar to‘plami bor.
2. 5-6 yoshimda dadam meni futbolga o‘zlari olib borgan. Shundan qiziqishim boshlanib ketgan. Shuning uchun boshqa kasb hayolimga ham kelmagan.
3. “Sheryurak” va “Robin Gud”.
Ilhom Abdug‘aniev
1. Ko‘proq tarixiy kitoblarni o‘qish yoqadi. Yoqtirgan kitobim “So‘nggi odamlar”.
2. Agar futbolchi bo‘lmaganimda tadbirkor bo‘lardim.
3. Yoqtirgan kinoim “Legenda 17”.
Farhod Bekmurodov
1. “Shaytanat”
2. Futbolchi bo‘lmaganimda hakam bo‘lardim.
3. “Gladiator” kinosi yoqadi.
Sardor Azimov
1. Oxirgi marta “Sir” nomli kitobni o‘qidim. Bu kitobni yana takror o‘qish niyatidaman.
2. To‘g‘risi, o‘zimni futboldan boshqa kasbda tasavvur qila olmayman.
3. Kinolarni kamdan-kam ko‘raman.
Igor Litovka
1. Men muntazam o‘qishga harakat qilaman. Bu esa sportchining shakllanishi uchun juda foydali. Ayni paytda men Trevor Moadning "Aql yuritishdagi eng muhim qoida" degan kitobini mutolaa qilyapman. O‘qib tamomlagan oxirgi kitobim Robert Bezlining "Joze Mourino"si bo‘ldi. Umuman olganda, yaxshi asarlar judayam ko‘p. Shu bois birortasini mana bu asar zo‘r, deb ko‘rsatish amrimahol. Mayli, bir nechtasini sanab o‘ta qolay:
Jek London: "Yulduzlar darbadari"
Vladimir Chepovoy: "Chorraha"
Erik Bertran Larsen: "O‘zimga achinmay".
2. Dastlabki ta’limni "Elektrometallurg Stali" va "Ferrosplavov Stali"da olganman. Men tug‘ilgan Nikopolda Evropadagi eng yirik zavodlardan biri joylashgan. Ehtimol, men ham xuddi otam kabi mutaxassislikni egallab, ishlab yurgan bo‘larmidim.
3. Filmlar ham ko‘p. Bu xususda gap ketsa, xayolimga darhol "Syomka qoidasi, Xitch usuli" deya nomlangan komediya keladi. Yaqinda "Ibtido" deb nomlangan judayam tomashabop filmni ko‘rdim. Shuningdek, o‘zimizning ukraincha "Kiborglar" filmi ham menga yoqadi va u real voqelikka asoslanib suratga olingan.
Rubin Xebay
1. Mening oxirgi va sevimli kitobim – “Graf Monte-Kristo”
2. Qurilishda me’mor yoki muhandis bo‘lardim, deb o‘ylayman.
3. Men ko‘rgan oxirgi film juda yaxshi edi. U “Tun agenti” deb nomlanadi.
Fikrlar