Xindistonlik og‘ir atletikachi musobaqalardan vaqtincha chetlashtirildi

CHERY AUTO

Xindistonlik og‘ir atletikachi Pardip Singx musobaqalarda ishtirok etishdan vaqtincha chetlashtirildi. Sportchining doping-sinamasida o‘sish gormoni topilgan.

Tecno

Ijobiy natija «A» sinamasida aniqlangan. «V» sinamasini ochish sanasi koronavirus pandemiyasi sababli surildi. Agar dastlabki natija tasdiqlansa, sportchi to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilinadi. Shu tariqa u eng yaqin vaqtda bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasini o‘tkazib yuboradi.

25-yoshli P.Singx – 105 kg vazn toifasida 2018 yil XXI Hamdo‘stlik O‘yinlari kumush medali sovrindori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!