
Xitoy ligasi noma’lum muddatga qoldirildi
Xitoy futbol assotsisatsiyasi mamlakatda yangi koronavirus keltirib chiqargan epidemiya tarqalgani sabab milliy chempionatning yangi mavsumini noma’lum muddatgacha kechiktirishga qaror qilinganini e’lon qildi.
Reglament bo‘yicha yangi mavsum o‘yinlariga 22-fevral kuni start berilishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoydagi epidemiya sabab yana bir qator musobaqalar bekor qilingan yoki noma’lum muddatga kechiktirilgan edi.
Fikrlar