
Xitoy Superliga. Odil Ahmedovning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Xalk "Shanxay SIPG"ni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Avval xabar berganimizdek, bugun Xitoy Superligasining 5-turida “Shanxay SIPG” o‘z maydonida “Shiichjiang Yungchang” klubini qabul qildi.
Shiddatli kechgan bellashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Dastlab, mehmonlar hisobni ochgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushirilgan Xalk 69-daqiqada o‘z goli bilan hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Qizig‘i, Xalk ikkinchi bo‘lim boshida hamyurtimiz Odil Ahmedov o‘rniga maydonga tushirildi.
Fikrlar