Xokkey bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallada
Rossiyada 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida xokkey bo‘yicha jahon chempionatining guruh bahslari o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning “A” guruhida o‘ynayotgan rossiyalik qizlar ikkinchi turda AQSh terma jamoasiga 3:5 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. “V” guruhida esa Germaniya terma jamoasi Chexiyani 2:1 hisobida engdi.
Chempionatning guruh bahslarida Kanada – Shvetsiya, Shveytsariya – Finlyandiya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin davom etmoqda.

Fikrlar