
Xokkey. "Humo" o‘z tarkibini yangi hujumchi bilan kuchaytirdi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi o‘z tarkibini rossiyalik hujumchi Denis Shurakov bilan to‘ldirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, Denis Shurakov 1995 yil 10 fevralda tavallud topgan, faoliyatini Nijegorodning “Torpedo” jamoasida boshlagan. U joriy mavsumda BXLda ishtirok etayotgan Voronejning “Buran” jamoasida o‘ynadi.
Denis Shurakov umumiy xisobda KXLda 31 o‘yin o‘tkazgan va 10 (3+7) ochko jamg‘argan, BXLda esa 217 o‘yin o‘tkazib, 128 (42+86) ochko jamg‘argan.
Fikrlar