
Xokkey. "Humo" yana bir transferni amalga oshirdi (FOTO)
Toshkentning "Humo" xokkey klubi o‘z tarkibini hujumchi Artyom Burdelyov bilan to‘ldirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Novosibirsk xokkeyining tarbiyalanuvchisi bu mavsumni Atirauning "Beibarys" jamoasida boshlagan edi. U faoliyati davomida Qozog‘iston chempionatlarida jami 436 ta o‘yin o‘tkazib, 300 (125+175) ochkoni qo‘lga kiritgan.
Artyom "Humo" tarkibida u 15-raqam ostida o‘ynaydi.
Fikrlar