Xoland: Aguero tufayli “Siti” taklifini rad etgandim

  • 15 iyul, 2022, 19:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland uch yil muqaddam “Manchester Siti”dan taklif olganini va argentinalik to‘purar Serxio Aguero tufayli Angliyaga ko‘chib o‘tishni istamaganini tan oldi.

Tecno

- O‘sha paytda “Manchester Siti” hujumida Serxio Aguero o‘ynardi. Shuning uchun ham “shaharliklar” tarkibidan joy olishimning imkoni bo‘lmagan.

Angliyadan ko‘ra boshqa mamlakat jamoalariga o‘tishim kerakligini his qilganman. Menda bu erga kelish uchun juda ko‘p imkoniyat bo‘lgan. Aslida men “Molde”ga qadam qo‘yganimdan beri doimo o‘zim uchun ideal darajada mos keladigan klublarni tanlab kelyapman, - dedi Erling Xoland.

21 yoshli futbolchi “Manchester Siti”ga qadar “Molde”, “Zaltsburg” va “Boruussiya Dortmund” jamoalarida o‘ynab, jami 182 marotaba maydonga tushgan. Bu uchrashuvlarda raqiblar darvozasini 134 marta ishg‘ol qilib, 34 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!