Xoland bu ko‘rsatkich bilan Messi bilan Ronalduni ortda qoldirdi

  • 23 avgust, 2024, 16:07
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erling Xoland har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni bo‘yicha XXI asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland, statistika ma’lumotlariga ko‘ra, har bir o‘yinda urilgan o‘rtacha gollar soni bo‘yicha asrning eng yaxshi futbolchisi. Norvegiyalik futbolchi har bir o‘yinda o‘rtacha 0,82 gol urmoqda. Ushbu ko‘rsatkich esa bu boradagi eng yaxshi natija hisoblanadi. 

XXI asrning har bir o‘yindagi o‘rtacha gollar soni bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar futbolchisi ro‘yxati bilan tanishing:

1) Erling Xoland - 0,82 (315 uchrashuvda 257 gol).

2) Lionel Messi - 0,78 (838/1069).

3) Krishtianu Ronaldu - 0,73 (897/1233).

4) Kilian Mbappe - 0,72 (332/462).

5) Robert Levandovski - 0,70 (654/928).

6) Xarri Keyn - 0,63 (407/644).

7) Neymar - 0,61 (440/719).

8) Rud van Nistelroy - 0,60 (277/463).

9) Luis Suares - 0,60 (576/968).

10) Zlatan Ibragimovich - 0,58 (567/980).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!