Xoland: "De Bryuynening uzatmalarini sog‘indim"

  • 22 dekabr, 2022, 11:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland jahon chempionatini o‘tkazib yubordi va bu vaqt davomida yakka o‘zi mashg‘ulotlarni bajarib turishiga to‘g‘ri keldi. Erling intervyularining birida futbolni sog‘inishni boshlaganini yashirib o‘tirmadi, chunki u so‘nggi o‘yinini deyarli bir yarim oy oldin o‘tkazgan edi.

"Yigitlar ketishdi, men esa o‘zim ishlayapman, qattiq ishlayapman. Ba’zan o‘z ustingda ishlash ham zerikarli bo‘lib qoladi. Ammo vaqt o‘tmoqda. Men Kevin de Bryuynening gollari va uzatmalarini sog‘indim, jamoadoshlarim bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni xohlayapman", - deya Erling Xolandning so‘zlarini keltirdi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne boshchiligidagi Belgiya JCh guruh bosqichida qolib ketgan bo‘lsa, Xolandning Norvegiyasi mundial uchun saralashdan muvaffaqiyatli o‘ta olmadi. Ular "G" guruhidan joy olgan bo‘lib, Niderlandiya, Turkiya, Montenegro, Latviya hamda Gibraltar bilan bahs olib bordi, biroq bu erdan yo‘llanmani faqat Niderlandiya qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!