Xoland eng zo‘r uch nafar futbolchi do‘stining nomini aytdi

  • 04.09.2025 07:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland futbolchilar orasida kimlarni o‘zining eng yaxshi do‘sti, deb bilishini aytdi.

- Futboldagi eng yaqin do‘stlarim kimlar? Ular Dominik Soboslai, Jek Grilish va Jud Bellingem, - dedi Erling Xoland.

25 yoshli to‘purar bu o‘yinchilar bilan turli jamoalarda tanishgan. Xususan, Erling Soboslai bilan “Red Bull Zaltsburg” jamoasida birga o‘ynagan.

Jek Grilish esa, bu yoz “Manchester Siti”dan “Everton”ga ijaraga ketdi. Xoland kelganidan buyon “shaharliklar” safida elkama-elka o‘ynab kelayotgan edi.

“Real” yulduzi Jud Bellingem bilan Xoland “Borussiya Dortmund”da yaqindan tanishgan va do‘stlashib qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!