
Xoland "Evro-2024"dan ham quruq qolishi mumkin
Norvegiya terma jamoasi "Evro-2024" saralashi, guruh bosqich 3-turi doirasidagi o‘yinda Shotlandiyaga imkoniyatni boy berdi (1:2).
Uchrashuvning 61-daqiqasida Erling Xoland penaltidan hisobni ochdi. Mehmonlar 87-da Lindon Deyksning say-harakatlari bilan muvozanatni tikladi. 89-daqiqada Kenni Makklin jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Norvegiya 1 ochko “A” guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. 9 ochkosi bor Shotlandiya guruh peshqadami hisoblanadi
Fikrlar