Xoland Gvardiolaning klubda qolishini istaydi

  • 21 noyabr, 2024, 10:48
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning klub bilan shartnomasini uzaytirishiga umid bildirdi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.

- Umid qilamanki, Gvardiola klub bilan shartnomasini uzaytiradi. Dastlabki ikki yarim yil davomida u menga ko‘p narsalarni o‘rgatdi. Uning jamoa bilan ishlashi menga juda yoqadi, - dedi Xoland.


Eslatib o‘tamiz, Xoland 2022 yildan beri "Manchester Siti"da o‘ynamoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda norvegiyalik futbolchi barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 15 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!