Xoland kelajakda qaysi ligada o‘ynash istagini aytdi. Bu La Liga emas...
“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi safida porlayotgan hujumchi Erling Xoland faoliyati davomida Italiyaning A Seriyasiga o‘tishi haqidagi savolga davob berib, bu ligada o‘ynash istagi borligini oshkor qildi.
- Menga Italiya yoqadi. Men bu mamlakatda o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda juda yaxshi o‘yin ko‘rsata olganman.
Oldinda nimalar bo‘lishini hech kim bilmaydi. Hozir hayotim bir maromda ketmoqda va hammasi joyida. Ayni paytda hech narsa haqida o‘ylamayapman, lekin kelajakda hamma narsa bo‘lishi mumkin, - dedi Erling Xoland.
25 yoshli forvardning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning yarmigacha davom etadi.
Evropa matbuoti Ispaniyaning eng qudratli klublari – “Real” va “Barselona” Xolandning transferini uyushtirishga harakat qilayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilyapti.
Transfermarkt portali jahon futbolining eng barqaror to‘purarlaridan birini 180 million evroga baholamoqda.



Fikrlar