
Xoland "kuchli beshlik"da yuzlik dovonga etib olishi uchun atigi ikkita gol ursa kifoya!
"Manchester Siti" futbolchisi Erling Xoland ancha sermahsul mavsum o‘tkazmoqda. U biroz avval yakuniga etgan "Everton" - "Manchester Siti" o‘yinida ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Erlingning APLdagi gollari soni 36 taga etdi. U buning uchun 33 ta uchrashuv sarfladi.
Ahamiyatlisi, Xoland "kuchli beshlik" chempionatlaridagi gollari sonini 98 taga etkazib oldi. Yana ikkita gol ursa, futbolchi yuzlik dovonni zabt etadi.
Norvegiyalik hujumchi "Borussiya" Dortmund safida 67 bahsda 62 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Fikrlar