Xoland "Manchester Siti"dagi debyut mavsumidayoq 50 ta gol urdi

  • 30 aprel, 2023, 18:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erling Xoland "Manchester Siti"dagi debyut mavsumida 50 ta gol urdi. Buning uchun norvegiyalik futbolchiga 44 ta uchrashuv etarli bo‘ldi. 

Tecno

Ma’lumot uchun, Xolanddan tashqari Angliya oliy dvizioni tarixida atigi 4 nafar futbolchi bir mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta gol urgan. Bular:  Diksi Din (1927/28 yilgi mavsumda 63 gol), Vik Uotson (1929/30 yilgi mavsumda 50 gol) va Tom Uoring (1930/31 yilgi mavsumda 50 ta gol).

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda Erling "Borussiya"dan "shaharliklar" safiga 75 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!