Xoland: "Men yanada yaxshiroq bo‘lishim kerak"
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand o‘zining so‘nggi o‘yinlardagi samaradorligi haqida fikr bildirdi.
Norvegiyalik futbolchi APLning 25-turida "Liverpul"ga qarshi safar uchrashuvida (2:1) g‘alaba golini penaltdan kiritdi. So‘nggi 8 ta chempionat o‘yinida Holand hisobida 2 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.
"Aytish mumkinki, yil boshidan beri yetarlicha gol ura olmadim va men yaxshiroq bo‘lishim kerakligini bilaman.
Men yanada e’tiborni jamlashim, barcha jihatlarda yaxshiroq o‘ynashim kerakligini tushunaman. Bu ustida ishlashim shart. Shu ruhda davom etishim kerak, chunki barcha shunga loyiq va shuni kutadi.
Nega yaxshi natija ko‘rsata olmaganim haqida gapirishni istamayman. Menimcha, bunga hech qanday bahona yo‘q. Charchoq ko‘p jihatdan ruhiy omil.
O‘yinlar juda ko‘p. Ta’qvimga qarang, u oson emas. Men uchun eng muhimi — jismoniy holatni saqlash va jarohat olmaslik. Bu eng asosiysi. Va jamoaga yordam berishga doimo tayyor bo‘lishga harakat qilish", — dedi Holand.
Fikrlar