
Xoland “Real”ga qachon o‘tishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
“Manchester Siti” asosiy to‘purari Erling Xoland bilan amaldagi shartnomani 2034 yilning yarmigacha uzaytirgani rasman e’lon qilindi.
Garchi klub norvegiyalik futbolchining yangi bitimida uni sotib olish imkonini beradigan badal puli to‘g‘risida band kiritilmaganini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, ayrim nashrlar o‘z manbalari orqali Xolandni transfer qilish borligini aniqladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” 24 yoshli futbolchini 2029 yoki 2030 yilning yozida qo‘lga kiritishi mumkin. Buning uchun xaridor kattaroq summada badal puli to‘lashi talab etiladi.
Avvalroq, Xolandni maxsus formula orqali “Real” yoki “Pari Sen-Jermen” olish imkoniyatiga ega ekani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Manbalarning ta’kidlashicha, vaqt o‘tgan sari Xolandning transfer summasi arzonlashib boradi.
- Agar “Manchester Siti” norvegiyalik to‘purarga 9,5 yil davomida boshqa klubga o‘tish imkoniyatini qoldirmaganida Xoland shartnomaga ko‘nmas edi, - deyilmoqda xabarda.
Fikrlar