
Xoland Ronaldudan o‘tib ketdi
"Borussiya Dortmund" Germaniya chempionati 23-turi doirasida "Verder"ni mehmonda mag‘lub eta oldi.
Ushbu bahsda "asalarilar"ning 19 yoshli norvegiyalik futbolchi raqib darvozasiga gol urishni uddaladi. Ta’kidlanishicha, bu gol forvardning 2020-yildagi 11-goli bo‘ldi.
Shu tariqa Xoland 2020-yilning kuchli beshlikdagi eng yaxshi to‘purariga aylandi va "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldudan o‘tib ketdi.
Fikrlar