
Xoland Ronalduga o‘yshaydi, lekin ulardan zo‘r bir futbolchi bor!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi to‘purari Erling Xolandni Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan taqqosladi.
- To‘purarlik sifatlari nuqtai nazaridan Xoland Ronalduga o‘xshaydi. Lekin Messi ulardan ustunroq.
Erling bu ikki futbolchi bir-ikki mavsum emas, aksincha qariyb yigirma yil davomida jahon futbolida porlab kelayotgani, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgani va maydonda hamma narsaga erishib bo‘lganini yaxshi biladi.
Futbol – Ronaldu va Messi uchun eng yaxshi joy. Ular bu o‘yin uchun ko‘p narsa qildi, katta klublarda o‘ynadi. Erling dunyoning eng shiddatli ligasiga endi keldi. Men boshqa ligalarida ham ishlaganman, lekin Xolandning Angliyada qilaytgan ishlari hayratlanarli.
Messi va Ronaldu darajasiga etish uchun hali juda ko‘p mehnat qilishi kerak. Ular jarohat olmas edi. Xolandning bo‘yi baland, jussasi katta bo‘lgani tufayli jarohatlardan saqlash uchun bir necha fizioterapevt ishlashi kerak bo‘ladi, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar