Xoland tarixga kiradi

  • 16.05.2020 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” Dortmund hujumchisi Erling Xoland o‘ziga xos usulda tarixga kiradi.

Futbolchi pandemiyadan keyin qayta tiklangan chempionatda birinchi golni urdi. Bundesliganing 26-turida dortmundliklar o‘z maydonida “Shelke” jamoasini qabul qildi va uchrashuvning 29-daqiqasida norvegiyalik hujumchi raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Bu pandemiyadan keyin kuchli beshlik chempionatlarida kiritilgan dastlabki goldir.

Umuman olganda, Erling Bundesligadagi 9-uchrashuvida o‘ninchi golini kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!