
Xoland va Ronalduning maqsadi bir
“Manchester Siti”ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoadoshi Erling Xolandni hamyurti Krishtianu Ronaldu bilan solishtirdi.
- Erling Xoland g‘aroyib ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. Bu Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi darajasidir. Erling keyinchalik ham bu samaradorlikni saqlab qoladi. Chunki uning gollari jamoa uchun juda muhim.
Xolandning mentaliteti Krishtianuniki bilan bir xil. Ularning ikkisi ham raqib jarima maydonchasi ichida bo‘lishni va har doim gol urishni istaydi.
Xolandga ham to‘pga necha marta teginish muhim emas, xuddi Ronaldu kabi asosiy e’tiborini gol urishga qaratadi, - dedi Bernardu Silva.
Fikrlar