Xoland yulduzli tarkibga qo‘shiladi
PSJ rahbariyati jamoani tark etadigan Kilian Mbappe o‘rniga “Borussiya”dan Erling Xolandni olmoqchi.
Moliyaviy jihatdan bugunning eng baquvvat klubiga aylangan PSJ vakillari transfer masalasida norvegiyalik yulduzning agenti Mino Rayola bilan uchrashdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, taniqli agent mijozi uchun PSJdan yiliga 50 million evro maosh so‘ragan. Aslida parijliklar Mbappeni olib qolish uchun frantsiyalik hujumchiga shunga ish haqi va’da qilayotgan edi.
Erling Xoland joriy mavsumda ham to‘purarlik mahoratini namoyish etib kelmoqda. U sakkizta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 11 marotaba yo‘l topa oldi.
Norvegiyalik hujumchining transfer summasi 130 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar