Xolanddan voz kechmaymiz!

  • 5 yanvar, 2022, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari Alvaro Moratadan tashqari Erling Xolandni ham qo‘lga kiritish maqsadidan voz kechmagani ma’lum qilindi.

Ikkita yangi hujumchiga ega bo‘lishni rejalashtirayotgan “Barselona” avvalgi murabbiy Ronald Kuman olib kelgan Memfis Depay bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Kataloniyaliklar niderlandiyalik to‘purarni sotib yuborib, undan keladigan mablag‘ni Erling Xoland transferiga yo‘naltirmoqchi.

Yaqinda “Manchester Siti”dan hujumkor futbolchi Ferran Torresni xarid qilgan kataloniyaliklar yangi tarkibni shakllantirishda jamoaning hujumkorlik salohiyatiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!