Xolandga taslim bo‘lmagan bir jamoa qoldi

  • 02.01.2026 11:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2026 yilning ilk uchrashuvida “Manchester Siti” futbolchilari Premier-liga debutanti “Sanderlend” maydonidan golsiz durang bilan qaytishiga to‘g‘ri keldi.

Lige to‘purari Erling Holand bu gal ham “Sanderlend” darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Norvegiyalik hujumchi uchrashuv davomida raqib darvozasiga ikki marta zarba berdi, ammo maqsadiga erisha olmadi.

Shu tariqa, “Sanderlend” Angliya Premier-ligasida Holandni to‘liq to‘xtata olgan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda, deb xabar beradi BBC.

“Manchester Siti”ning yulduzli forvardi APL doirasida o‘zi to‘qnash kelgan qolgan 23 ta jamoaning barchasiga kamida bitta dan gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, “Sanderlend” joriy mavsum boshlanishidan oldin yana oliy divizionga qaytgan edi. Dekabr oyi boshida “Manchester Siti”ga qarshi o‘tgan avvalgi o‘yinda Rejis Le Bris shogirdlari 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan, ammo o‘shanda ham Holand gol mualliflari qatorida bo‘lmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!