Xolandni olmoqchimisiz? Bir milliard evro to‘lang!

  • 21.02.2023 11:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandning agenti Rafaela Pimenta norvegiyalik hujumchining transfer summasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 23 yoshli o‘yinchining transfer summasi bir milliard evroni tashkil qiladi.

- Erling Xolandning hozirgi narxi bir milliard evro turadi.  Men buni jiddiy aytyapman va bunga ishonman, - dedi Rafaela Pimenta Telefoot nashriga.

Xoland Angliya Premer-ligasida debyut mavsumini o‘tkazyapti.

Mohir hujumchi mavsum davomida barcha turnirlarda 31 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 32 marta ishg‘ol qildi.

Xolandning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilgacha davom etadi. Shartnomada futbolchini 2024 yilning yozida 180 ming evroga transfer qilishi mumkinligi haqida band borligini aytilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!