Xolandning o‘rnini gol urolmay qolgan hujumchi egallaydi
“Borussiya” rahbariyati norvegiyalik hujumchi Erling Xoland Dortmundni tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rniga “Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyalni olishga qaror qildi.
Kelasi yoz dortmundliklar Erling Xolandni ushlab qololmaydi. Unga Evropaning deyarli barcha grandlari xaridor bo‘lmoqda.
O‘z navbatida, “Manchester Yunayted”ga Krishtianu Ronaldu kelganidan keyin Antoni Marsyal xizmatiga ehtiyoj qolmadi. Keyingi paytda frantsiyalik hujumchi shundoq ham asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan edi.
Joriy mavsumda to‘rtta uchrashuvda qatnashib, gol ura olmagan Marsyalning transferi 45 million evroga baholanmoqda. Ule-Gunnar Sulsher ham bu futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar