Xolandning “Siti”dan keyingi klubi ma'lum qilindi
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand ingliz klubidan ketgan taqdirda Madridning “Real” jamoasiga o‘tish variantini ko‘rib chiqadi.
Bu haqida Football Insider’ nashriga “Everton”, “Aston Villa” va “Aberdin” klublarining sobiq bosh direktori Kit Uaynes ma'lum qildi.
- Agar Holand qaergadir o‘tsa, bu “Real Madrid” bo‘ladi. U “Barselona”ga o‘tadi, deb o‘ylamayman. Rostini aytsam, kataloniyaliklar uni sotib ololmaydi. Buning umuman imkoniyati yo‘q, - dedi Uaynes.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Holandning Kataloniya klubiga ehtimoliy o‘tishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
- Men “Barselona” prezidenti saylovlari oldidan ular odatdagidek mashhur nomlardan birini olib chiqib, “uni klubga olib kelaman” deb muxlislar qo‘llab-quvvatlashini qo‘lga kiritadi, deb o‘ylagan edim. Lekin Holandning “Barsa”ga transferi amalga oshishi mumkin, deb o‘ylamayman. Afsus, bu reallikdan uzoq masala, - dedi tajribali mutaxassis.
Shu bilan birga, “Manchester Siti” o‘z to‘purari bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti va amalda 2034 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma bor. 2022 yilda klubga o‘tganidan beri Holand 188 ta o‘yinda 154 ta gol urgan va jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Fikrlar