Xollouey kamarini ximoya qilgan jangidan qancha pul ishlab topganini bilasizmi?

Edmontonda UFC 240 oqshomi bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. Ushbu oqshomda eng asosiy jang Maks Xollouey va Frenki Edgar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Oktagonda mag‘lub bo‘lgan Edgar 280 ming dollarga ega bo‘ldi. Chempionlik kamarini ximoya qila olgan Xollouey 390 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Kecha davomida, Kris Sayborg hamda Felitsiya Spenser o‘zaro to‘qnashdi. Hakam qaroriga g‘olib bo‘lgan braziliyalik Sayborg 145 ming dollarni qo‘lga kiritdi. Kanadalik jangchi esa 17,5 ming dollar oldi.

Armanistonlik Arman Tsarukyan raqibi Olive Obena-Merseni taslim etib, 23,5 ming dollarni naqd qildi.

Bonus sifatida 50 ming dollarni Deyvison Figeredo, Jeff Nil, Xakim Davodu va Aleks Pantox bo‘lishib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!