XOQ "Parij-2024" o‘yinlarining yangilangan rejasini tasdiqladi

  • 22 dekabr, 2020, 19:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

"Parij-2024" Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan strategiya o‘yinlarni o‘tkazishda yangi davrni boshlamoqda. Bo‘lajak Olimpiadada foydalaniladigan ob’ektlarning 95 foizi ayni damda mavjud. Bu yangi ob’ektlar qurilishi sonini kamaytiradi, ayrim inshootlardan birgalikda foydalanishni ko‘zda tutadi va byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.

Tecno

Sena-Sen-Deni departamentida qoyaga ko‘tarilish sportining yangi ob’ekti quriladi. Bundan tashqari, ushbu hududda sportning beshta olimpiya turi: engil atletika, suv sporti turlari, qoyaga ko‘tarilish sporti, regbi-7 va o‘q otish musobaqalari o‘tkaziladi.

O‘yinlar uchun maxsus suv sporti turlari bo‘yicha olimpiya markazi, shuningdek Olimpiya qishlog‘i va Media shaharcha barpo etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!