Xorijlik ekspertlar Husanov transferi tufayli keskin fikrlar bildiryapti

  • 15 yanvar, 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar oynasining bugungi kundagi haqiqiy qahramoni Abduqodir Husanov bo‘lib turibdi. “Lans”da o‘ynab kelgan legionerimizning 50 million evro evaziga “Manchester Siti”ga o‘tishi juda ko‘plab muxlisu mutaxassislar tomonidan muhokama qilinmoqda.

Tecno

Xususan, rossiyalik ekspertlar vakili o‘zbek futbolchisining Angliya Premer-ligasiga o‘tishi juda katta voqea ekani, mamlakat selektsionerlar o‘ta iqtidorli o‘yinchini o‘z vaqtida payqay olmaganini ta’kidlamoqda.

Sports.uz portali Rossiya futbolida o‘z nomiga ega mashhur mutaxassislarning Abduqodir Husanov transferiga munosabatini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Valeriy Kechinov, “Paxtakor” va “Spartak Moskva” klublari sobiq futbolchisi:

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi tasdiqlangan kun O‘zbekiston uchun olamshumul voqea bo‘ladi.

Chunki o‘zbek futbolchisi Evropaning eng qudratli jamoalarian birida to‘p tepadi.

Yuriy Syomin, taniqli murabbiy:

Husanovning “Manchester Siti”ga transferidan hayratlandi. Rossiya Premer-ligasidan hech kim uning iqtidorini vaqtida payqay olmagan ekan. Hech bir sport direktori yonginamizda voyaga etgan talantni ko‘rmagan. Mana endi u 50 million evro evaziga “Manchester Siti”da o‘ynaydi.

“Lans” atigi 100 ming evroga olgandi. Frantsuzlar qancha ishlab olganini bir o‘ylab ko‘ring! Bu payt bizning jamoalar qaerda edi?

“Spartak”da ko‘p xorijlik mutaxassislar ishladi, ayrimlarining ishi yomon emasdi. Lekin klubda ishlab kelgan barcha sport direktorlariga savolim bor. Sizlar Abduqodir Husanovning Belarusdagi o‘yinlarini kuzatmaganmisiz?

Katta ehtimol bilan e’tibor ham qaratmagansiz. “Spartak” o‘zining moddiy imkoniyatlari bilan ikki yil oldin bu futbolchini 100 ming evroga bemalol xarid qila olardi-ku.

Yuriy Belous, “Lokomotiv Moskva” klubi sobiq vitse-prezidenti:

Bizning klublar Abduqodir Husanovning iqtilorini ko‘ra olmagani selektsiya xizmatlarining darajasi qanday ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Biznikilar uchun Sibirda o‘sgan va “Monako”da natija berayotgan o‘yinchini topishdan, Belarus chempionatidagi iqtidorli o‘yinchini ko‘rishdan Ilichni 25 million evroga sotib olgani osonroq.

O‘zbekistonda rus tilini biladigan odamlar yashaydi. Bizda agar o‘yinchi Qirg‘iziston yoki O‘zbekistondan bo‘lsa, ko‘pchilik uni jiddiy qabul qilmaydi.

Ta’kidlash joizki, 20 yoshli Abduqodir Husanov Evropa yulduzi darajasiga juda tez ko‘tarildi. “Bunyodkor” akademiyasida tarbiyalangan futbolchi professional faoliyatini yurtidan ancha olisdi – Belarus chempionatida boshladi.

“Energetik-BGU” hamyurtimizning iste’dodini to‘g‘ri baholay oldi va unga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon berdi. Bu jamoada professional darajada bir yil o‘ynagan Husanovni “Lans” 2023 yilning yozida o‘z safiga qo‘shib oldi.

Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi o‘z mahoratini dunyoning eng nufuzli futbol turniri hisoblangan Angliya Premer-ligasida ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ana xolos: Chempion legionerimiz Rossiyadagi jamoasiga qaytmadi!

Fayzullaevga ham Mbappening yo‘lini bersin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
.... ....
15/01/2025 02:48
orsssi koti kul bovotti! battar bollarin oris.
&
Болельщик
14/01/2025 19:28
Яхшиям Спартакка утмагани бомаса хозир Абдукодир Остонга ухшаб коларди

Baxil Alihuja
15/01/2025 05:16
сарлавхани "хорижлик эксперт" деган жойини "ичикора урис" деб бериш керак
Baxil Alihuja
14/01/2025 22:30
урис селекционерлари куплаб узбекистонлик уйинчиларни келажагини барбод килган! Хусанов урис клубларига утмаганига шукур! булмаса талантини йуколар эди
Faxriddin
14/01/2025 20:20
Абдиқодир энг тўғри йўлдан боряпти, омадини берсин!
Mirzayev Mirzаabdulla
19/01/2025 23:06
Майли ўрис кулублари сезмай қолибдиям дейлик, ўзбек кулублари хўрасқананд чайнадими, Ўзбекистон чемпионатида ўйнатмаган тренерлар қандай қилиб ўрис тренерлардаг хафа бўлишимиз керак. Хақиқат йўқ бу лунёда дийди- ю Чингизвачча, шу тренерларди кўзини ёғ босган . Кибрли бўмасинда имконият берсин қоган болларгаям.