Xose Kalexon "Napoli" bilan shartnomasini uzaytirmaydimi?
"Napoli" yarim himoyachisi Xose Kalexon neapolliklar bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Bu haqida Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Oldinroq, 32 yoshli futbolchi klub bilan yangi kelishuv imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq yakunda futbolchi Jennaro Gattuzo boshchiligidagi jamoni tark etishga qaror qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Kalexonning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi keyingi mavsum so‘nggida yakuniga etadi. Ispaniyalik futbolchi uchun Xitoy klublari da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar