Xoselu Raulning natijasini takrorladi

  • 08.10.2023 15:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" markaziy hujumchisi Xoselu Ispaniya chempionati doirasida "Osasuna"ga qarshi o‘yinda gol urdi. Uchrashuv “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tdi va "qaymoqranglilar"ning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu gol orqali Xoselu Raul Gonsalesning natijasini takrorladi. U 21-asrda "qirollik klubi" uchun bir mavsumda o‘zining dastlabki to‘qqizta o‘yinida besh yoki undan ortiq gol urgan uchinchi ispaniyalik futbolchiga aylandi. Bunga Xoselu va Rauldan tashqari Xaver Portilo ham erishgan.

33 yoshli hujumchi keyingi yozgacha "Espanol"dan ijara asosida "Real"ga o‘tgandi.

La Liganing 9 turidan so‘ng Anchelotti shogirdlari 24 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!