Xosep Gvardiola Klaudio Bravo haqidagi so‘nggi mish-mishlardan "quruq" qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola Arsenalga qarshi bahs oldidan tashkil etilgan o‘yin oldi matbuot anjumaniga juda yaxshi kayfiyat bilan kirib keldi. 

Anjuman davomida jurnalistlar tomonidan berilgan keskin savollarga ham Pep hotirjamlik bilan javob berdi.

Shuningdek, Ispaniya matbuotida "shaharliklar" darvozaboni Klaudio Bravo "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqidagi gaplarni murabbiy birinchi marta eshitib turganini ma’lum qildi. 

- Bu yangilik haqida hali eshitmadim. Umid qilaman jamaomiz matbuot kotibi siz nima haqida so‘rayotganingizni keyinroq menga batafsil tushintirib beradi. Ammo men Bravo klubni tark etishi haqida hech qanday yangilik eshitmadim, deya javob berdi murabbiy.

Shuningdek u nima uchun Klaudio Bravo transferi haqidagi mish-mishlardan "quruq" qolganini ham aytib o‘tdi.

- Gazetalarni juda kam o‘qiyman. "Twitter", "Instagram" yoki "Facebook"ni aytmasa ham bo‘laveradi. Kuni kecha Bravo va uning rafiqasi bilan ham suxbatlashdim. Ular menga baxtiyor ekanliklarini ma’lum qilishgandi, mana shuni aniq eslay olishim mumkin. Aytganday ularning jajji qizalog‘ini ham ko‘rgandim. Ammo u bilan so‘zlasha olmadim. Chunki u endigina bir yoshga to‘lgan edi, deya hazilomus tarzda javob berdi - 45 yoshli ispaniyalik (kataloniyalik) murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!