Xotirjam bo‘ling, “Real”ga bormayman!

  • 16 sentabr, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” kelasi yoz himoya chizig‘ini mustahkamlashga harakat qiladi. Klub mutasaddilari bir necha himoyachilarni kuzatmoqda.

Tecno

Madridliklar nishoniga tushgan o‘yinchilar orasida klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Ashraf Hakimi ham bor. “Real” marokashlik futbolchiga e’tibor qaratgani PSJ xo‘jayinlarini xavotirga solib qo‘ydi.

Jurnalist Adrien Shantegrele bu masalaga oydinlik kiritdi. Uning yozishicha, 25 yoshli himoyachi klub rahbariyatiga kelajagi haqida aniq fikr aytgan.

Unga ko‘ra, Ashraf Hakimi faoliyatini PSJda davom ettiradi. U “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tmoqchi emas. Ashraf Parij klubidagi etakchilik mavqeini boy berishni istamayapti.

Ashraf Hakimi 2021 yildan beri Parij klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ilgari u “Real”, “Borussiya Dortmund” va “Inter”da to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!