Xoylund MYuda qolishni va asosiy tarkib uchun kurashishni istamoqda

  • 31.07.2025 22:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xoylund jamoada qolib, asosiy tarkib uchun kurashish niyatida ekanini ma’lum qildi. Avvalroq unga "Milan" va "Yuventus" qiziqish bildirgani xabar qilingan edi.

"Mening rejam juda aniq — nima bo‘lmasin, qolish va o‘rnim uchun kurashish. Men raqobatga tayyorman. Bu menga kuch bag‘ishlaydi. O‘zimni tetik his qilyapman va bo‘layotgan barcha jarayonlarni qabul qilaman.

Men hali juda yoshman, ba’zan odamlar buni unutib qo‘yadi. Men hali 22 yoshman. Har bir hujumchi ham shu yoshga kelib 100 ta gol ura olmaydi. Ammo men ko‘p narsa o‘rgandim va o‘yinlarim orqali bunga guvoh bo‘lyapsizlar. Men rivojlana boshlayapman.

O‘tgan mavsum hammamiz uchun og‘ir kechdi. Hamma men ko‘proq natija ko‘rsatishim kerakligini tushunadi. Biroq, futbol jamoaviy o‘yin. Endi biz yaxshiroq o‘ynashni maqsad qilganmiz. To‘g‘ri yo‘nalishdamiz va oldimizda nima kutyapti, shunga qiziqish bilan qarayapmiz" — deya ta’rif berib o‘tdi daniyalik forvard.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!