Xudoynazar Fayzov O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

  • 30 noyabr, 2017, 18:11
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bir hafta davomida Termiz shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bellashuvlarining g‘olib va sovrindorlari aniqlanganidan xabaringiz bor.

Tecno

An’anaga ko‘ra, musobaqaning eng yaxshi bokschisi ham aniqlandi. Bu mukofotga eng engil vazn toifasida (49 kg) ishtirok etib, shohsupaga ko‘tarilgan Toshkent viloyati vakili Xudoynazar Fayzov munosib ko‘rildi.

Bu bokschi yarim finalda poytaxtlik Nodirjon Mirzahmedovdan ustun kelgan bo‘lsa, finalda buxorolik Mironshoh Ibragimovni qiyinchilik bilan mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!