Xulian Al’vares uchun asosiy da’vogar ma’lum qilindi
Futbolchi uchun kim harakat qilsa, o'sha ilib ketadi
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Al’varesning ehtimoliy transferi atrofidagi muhokamalar davom etmoqda.
Argentinalik forvardga asosiy da’vogarlar sifatida "Barselona", PSJ va Londonning "Arsenal" klubi ko‘rsatilmoqda.
Taniqli jurnalist Gaston Edulning ma’lum qilishicha, hozircha futbolchi uchun kurashda "Barselona" peshqadam hisoblanadi.
"Men uning “Barselona”ga o‘tish ehtimolini 45 foiz deb baholayman. PSJ — 35 foiz, "Arsenal" esa 20 foiz. Agar “Barsa” uni haqiqatan ham sotib olmoqchi bo‘lsa, buni jiddiy taklif bilan isbotlashi kerak.
Hozircha faqat bitta klub muzokaralarda oldinga chiqqan — bu “PSJ”. Parij klubi Xulianing o‘ziga ham, “Atletiko”ga ham yaxshi mablag‘ taklif qilishga tayyorligini bildirgan", — dedi ekspert.
Transfermarkt portali 26 yoshli hujumchining transfer qiymatini 90 million yevro deb baholamoqda.

Izohlar (0)