Xumorabonu Mamajonova Jahon chempionatini ajoyib g‘alaba bilan boshladi!
Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Hozirgina, -57 kg da ishtirok etayotgan hamyurtimiz Xumorabonu Mamajonovaning jangi yakunlandi. To‘liq 3 raund kechgan bahsda vakilamiz yangi zelandiyalik Lai-Karlile Alini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziev va Saudiya Arabistoni bokschisi Navaf Avaji to‘qnashuvi kutmoqda.



Fikrlar