
Xurshid G‘iyosov istagan paytda o‘zbek klublari bilan shartnoma imzolashi mumkin
Janubiy Koreyaning "Anyang" klubi to‘p surayotgan yarim himoyachi Xurshid G‘iyosovning shartnomasi bekor bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgach, O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev bu borada o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Xurshid G‘iyosovning "Anyang" bilan shartnomasi bekor bo‘lgani haqida xabarlar chiqdi.
Agar "Anyang" klubi futbolchini qo‘yib yuborishga va boshqa klubga o‘tishiga qarshilik qilmasa, G‘iyosov xorij jamoasida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi sifatida yilning istalgan davrida O‘zbekiston klubi bilan shartnoma imzolashi va uni O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazishga erishishi mumkin", - deb yozadi Imomxo‘jaev o‘z telegram sahifasida.
Fikrlar