Xurshid Gʻiyosov: "Neftchi"da toʻp surish men uchun katta sharaf"
Xabaringiz bor, ",Neftchi", klubi yangi mavsum uchun seleksiya ishlarini olib bormoqda.
Amaldagi chempionning maqsadi 2026 yilda ham chempionlik kamarini oʻzida saqlab qolmoqchi. Qolaversa, Osiyo Chempionlar ligasi Elit musobaqasida ham munosib qatnashishni maqsad qilgan.
",Neftchi",ga yangi qoʻshilayotgan futbolchilar orasida Xurshid Gʻiyosov ham bor. Ajoyib oʻyinchi bungaча OKMK sharafini bir necha mavsum davomida himoya qilib keldi. Endi esa u bor eʼtiborini ",Neftchi",ga qaratadi.
Mahoratli ijrochi ",Neftchi",ga oʻtganidan keyin klub matbuot xizmatiga dastlabki fikrlarini bildirdi.
",Avvalo, Fargʻona shahriga va &ldquo,Neftchi&rdquo, futbol klubi muxlislariga oʻz salomimni yoʻllayman. Bu yerga kelishimdan asosiy maqsad — Osiyo Chempionlar ligasi, Oʻzbekiston chempionati hamda mamlakat Kubogida jamoa bilan birgalikda maksimal natijalarga erishishdir.
&ldquo,Neftchi&rdquo, — katta tarixga ega, oʻtgan mavsumda chempionlikni mutlaqo haqli ravishda qoʻlga kiritgan jamoa. Aynan shunday ambitsiyali klub safida toʻp surish men uchun katta masʼuliyat va sharaf.
Fargʻonaga kelishimda viloyat hokimi hamda klub bosh direktori Mansur aka Toshmatov muhim rol oʻynashdi. Klubda futbolchi uchun barcha sharoitlar maksimal darajada yaratilayotganini koʻrib turibman. Bu esa oʻz oldimizga qoʻyilgan yuksak maqsadlarga erishish uchun muhim omil hisoblanadi.
Oʻtgan mavsumni shaxsan oʻzim uchun muvaffaqiyatli deb baholayman. OKMK jamoasi ahil, u yerda haqiqiy professional insonlar faoliyat yuritadi. Ularning barchasiga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Endilikda esa butun eʼtiborim &ldquo,Neftchi&rdquo,ga qaratilgan. Jamoa bilan birgalikda yanada katta marralarni zabt etish va chempionliklarni davom ettirish yoʻlida bor kuchimni ishga solaman", - deydi Gʻiyosov.
Fikrlar