Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Xusanov Messi va Ronalduni bilan birga JCh-2026 ramziy terma jamoasiga kirdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Transfermarkt 2026 yildgi jahon chempionatida eng ko‘p kuzatilgan futbolchilar ramziy jamoasiga o‘zbekistondik Abdukodir Xusanovni kiritdi.

Nufuzli statistik platforma Transfermarkt 2026 yildgi jahon chempionati davomida muxlislar qiziqishi bo‘yicha yakuniy xulosalarni e’lon qildi. Portal dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p ko‘rilgan futbolchi profillari asosida ramziy jamoa tuzdi.

Planetaning eng nufuzli musobaqasi doirasida eng ko‘p kuzatilgan o‘n bir futbolchi orasiga O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi markaziy himoyachisi, 22 yoshli Abdukodir Xusanov ham kirdi. U ramziy jamoada himoya markazidan o‘rin olgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Xusanovning bozor qiymati hozirda 50 million yevroga baholangan.

Ramziy jamoaning umumiy transfer qiymati 281 million yevroni tashkil etdi. Himoya chizig‘ida Xusanov bilan bir qatorda ispaniyalik Mark Kukurelya («Real», 50 mln yevro), niderlandiyalik Natan Ake («Fenerbaxche», 12 mln yevro) va Kabo-Verde terma jamoasi a’zosi Lopes Kabral («Trabzonspor», 4 mln yevro) joy oldi. Darvozani esa yana bir Kabo-Verde vakili — tajribali darvozabon Vozinya (50 ming yevro) qo‘riqlaydi.

Yarim himoya va hujum chizig‘i jahon futboli yulduzlari va yosh iste’dodlardan shakllandi. Ramziy jamoaga afsonaviy hujumchilar Lionel Messi («Inter Mayami», 15 mln yevro) va Krishtianu Ronaldu («An-Nasr», 10 mln yevro), misrlik vinger Muhammad Saloh (22 mln yevro), belgilayik Leandro Trossard («Beshiktash», 18 mln yevro), shuningdek, o‘zini ko‘rsata olgan yosh iqtidorlar — shveytsariyalik Yoan Manzambi («Aston Villa», 50 mln yevro) va marokashlik Ayub Buaddi («Lill», 50 mln yevro) kiritildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q