Xushxabar: Rafinya va de Yong qaytdi
«Barselona» Ispaniya chempionati doirasida mehmonda «Betis»ga qarshi oʻyinga tayyorgarlik jarayonida muhim yangilikka ega boʻldi. Goal nashri ispan nashri Sportga tayanib xabar berishicha, jamoa hujumchisi Rafinya va yarim himoyachi Frenki de Yong payshanba kuni toʻliq hajmda mashgʻulot oʻtkazdi.
Maʼlumotlarga koʻra, «Barselona» murabbiylar shtabi va tibbiy xizmati hozircha Rafinyaning oshirilgan yuklamaga qay tarzda javob berayotganini diqqat bilan kuzatmoqda. Futbolchining holati boʻyicha olinadigan yakuniy xulosaga qarab, braziliyalik hujumchining «Betis»ga qarshi oʻyin uchun qaydnomaga kiritilishi yoki yoʻqligi hal etiladi.
Frenki de Yong ham 2026/2027 yildagi mavsumdagi ilk oʻyiniga yaqinlashmoqda. Niderlandiyalik yarim himoyachi jamoa bilan umumiy guruhda shugʻullanmoqda va tiklanishida sezilarli siljish koʻrsatmoqda. Shu bilan birga, bosh murabbiy Hans-Diter Flik uni darhol asosiy tarkibga qaytarishi kutilmayapti. Ehtimol, «Betis»ga qarshi bahsda de Yong zahiradan maydonga tushiriladi.
«Betis» – «Barselona» uchrashuvi shanba kuni, 17 oktyabr sanasida boʻlib oʻtadi.

Fikrlar