Xvicha Ronalduni qo‘llab-quvvatladi

  • 29 dekabr, 2022, 23:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xvicha Kvaratsxeliya Krishtianu Ronalduni Stefen Karriga qiyosladi. 

"Albatta, Messi - fantastik futbolchi va uning o‘yinini ko‘rish har doim yoqimli. Biroq baribir men Krishtianu Ronalduni futboldagi Stefen Karri deb bilaman. 

Bolaligim davomida men unga muxlislik qilganman. Hozir ham shunday. U futbolda ekan, men uni qo‘llab-quvvatlayman", - dedi "NApoli" yarim himoyachisi "DAZN" nashriga bergan intervyusida. 

Ma’lumot uchun, Stefen Karri taniqli basketbolchi. U to‘rt karra NBA (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) chempioni hisoblanadi. 



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!