Yamal "Bavariya" va "Real"ga qarshi bahslarda o‘ynay oladimi?

  • 14.10.2024 23:30
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" Lamin Yamalning "Real" va "Bavariya"ga qarshi o‘ynashini xohlamoqda.

Kataloniya klubi avvalroq 17 yoshli vingerning chap son orqa yuzasidagi mushaklarida jarohat aniqlangani haqida xabar bergan edi.

"ESPN" nashrining yozishicha, "Barselona" Chempionlar ligasida "Bavariya" va La Ligada "Real"ga qarshi o‘yinlar arafasida Yamal bilan bog‘liq vaziyatda tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Futbolchining 20 oktyabr kuni "Sevilya"ga qarshi o‘yindagi ishtiroki ham shubha ostida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!