Asosiy mazmunga oʻtish

Yamal bu borada Messi va Mbappega yetib oldi

Улуғбек Хошимов
Izohlar: 0

Sovrinning birinchi gʻolibi Diego Kosta hisoblanadi.

"Barselona" vingeri Lamin Yamal dekabr oyida La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shu tariqa ispaniyalik futbolchi ketma-ket ikkinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrinni qabul qilib oldi. Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi bu sovrinni ketma-ket qo‘lga kiritgan 4-futbolchi bo‘ldi. Bu natija orqali Yamal "Barselona" sobiq futbolchisi Lionel Messi (2018 yil), "Atletiko Madrid" sobiq himoyachisi Diego Godin (2014 yil) va "Real Madrid" yulduzi Kilian Mbappe (2025 yil) erishgan natijani takrorladi.

Ma’lumot uchun, ushbu mukofot 2013 yildan beri topshiriladi. Sovrinning birinchi g‘olibi Diego Kosta hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q