Yamal JChda so‘nggi 28 yilda dribling bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni takrorladi

  • 03.07.2026 14:56
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal "JCH-2026"da dribling bo‘yicha tarixiy ko‘rsatkichlar qayd etmoqda.

"Barselona"ning 18 yoshli yarim himoyachisi joriy jahon chempionatida har 90 daqiqa o‘yin vaqtiga o‘rtacha 12 marta raqibini aldashga urinayotgani aytilmoqda. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1998 yildagi jahon chempionatidan buyon qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi. O‘shanda Nigeriya terma jamoasi yulduzi Jey-Jey Okocha xuddi shunday darajaga erishgan edi. Tahlilga maydonda kamida 200 daqiqa o‘ynagan futbolchilargina kiritilgani alohida ta’kidlanmoqda.

Ispaniya terma jamoasi 1/16 final bosqichida Avstriyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Lamin Yamal raqiblarini besh marta aldashga muvaffaq bo‘ldi va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!