Yamal La Ligada assistlar bo‘yicha yosh rekordchiga aylandi

  • 20.09.2026 13:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya chempionati tarixida eng yosh assistlar rekordchisi sifatida qayd etildi. Vinger 19 yosh-u 68 kunlik paytida 51ta golli pas berib, La Liga uchun mutlaq rekord o‘rnatdi.
 

Yamal bu ko‘rsatkichga Ispaniya chempionatining 7-turida «Sevilya»ga qarshi o‘yinda erishdi. Kataloniya klubi ushbu uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi, Lamin esa jamoasining ikki goliga hal qiluvchi pas berdi.
 

Rekordni o‘rnatish uchun yosh hujumchiga 159ta o‘yin yetarli bo‘ldi. Shu tariqa u avvalgi ko‘rsatkich egasi —  «Real» forvardi Vinisius Juniornı ortda qoldirdi. Braziliyalik futbolchi 22 yosh-u 298 kunlik chog‘ida 50ta golli pasga ega bo‘lgan edi.
 

Assistlardan tashqari, Lamin Yamalning hisobida «Barselona» tarkibida barcha musobaqalar doirasida  urilgan 57ta gol ham bor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!