Yamal o‘rnini “Real”dan chiqqan futbolchi egalladi

  • 12 noyabr, 08:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi jahon chempionati saralash bahslariga chaqirilmagan “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal o‘rniga boshqa o‘yinchi tanladi.

Tecno

Shap shundaki,  Ispaniya futbol federatsiyasi Lamin Yamal terma jamoa ro‘yxatidan chiqarilganini rasman e’lon qildi.  Futbolchi jarohatlardan qutilish uchun davolanishi talab etiladi. Biroq federatsiya Lamin Yamalning yig‘inda qatnashmasligi haqida murabbiylar shtabini ogohlantirmagan.

Shunga qaramay, Luis de la Fuente tezkor echim sifatida Lamin Yamal o‘rnini “Rayo Valekano”da o‘zini ko‘rsata boshlagan hujumchi Xorxe de Frutosga topshirdi.

28 yoshli Xorxe de Frutos Ispaniya termasi safida hali biror o‘yin o‘tkazmagan. U 2018-2020 yillar davomida “Real” tizimida tarbiyalangan o‘yinchi hisoblanadi. Xorxe de Frutos  joriy mavsumda “Rayo Valekano” tarkibida barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!