Yamal: Sen bola hafsalamni pir qilding!

  • 6 iyul, 10:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” etakchisi Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasida o‘zi bilan birga o‘ynagan do‘sti Niko Uilyamsning transferi barbod bo‘lganidan xafa ekani aytilmoqda.

Tecno

Ma’lumki, kataloniyaliklar ketma-ket ikkinchi yili Uilyamsni qo‘lga kiritishga juda yaqin kelib, oxir-oqibat transferdan quruq qolmoqda. Bu gal 22 yoshli futbolchi “Atletik” bilan birdaniga 10 yillik shartnoma tuzib, barcha yo‘llarni yopib qo‘ydi.

Diario AS nashrining yozishicha, Yamal Niko Uilyamsning “Barselona”ga o‘tishdan bosh tortganini eshitib, undan hafsalasi pir bo‘lgan. 17 yoshli yulduz do‘sti bilan bir jamoada o‘ynashni orzu qilayotgan edi.

Tez orada Lamin Yamalning o‘zi ham “Barselona” bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomasini imzolaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!